Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada yangi masjid va musulmonlar maktabi ochildi
Ikki Muqaddas Masjid rahbari va Makkadagi Katta Masjid imomi Shayx Abdurahmon As-Sudais Buyuk Britaniyaning Preston shahrida “As-Salom” (“Tinchlik”) maktabi va masjidini ochib berdi.
Shayx Abdurahmon As-Sudais butun dunyo musulmonlari manfaatini qo‘llab-quvvatlovchi Ikki Muqaddas Dargoh Qo‘riqchisi Qirol Salmonga minnatdorchilik bildirdi.
U Saudiya Arabistonining Buyuk Britaniyadagi elchisi shahzoda Muhammad bin Navafni masjid va maktab qurilishidagi yordamini yuqori baholadi. Shuningdek islom dinining xavfsizlik hamda tinchlikni kuchaytirishda, shuningdek barcha millatlar tomonidan qadrlanishida muqaddas dargohlarning muhim o‘rin tutishini ta'kidladi.
Vasiylik kengashi raisi Ilyos Patel Qirol Salmonga Shayx Abdurahmon bin Abdulaziz As-Sudaisni maktab va masjid ochishida qo‘llab-quvvatlaganligi uchun minnatdorchilik bildirdi va bu Qirollikning musulmonlarga g‘amxo‘rlik qilishini namoyish qilishini ta'kidladi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025