Sport | 14:11 / 20.07.2016
6431
2 daqiqa o‘qiladi

Demba Ba o‘zini qo‘llab-quvvatlayotganlarga minnatdorchilik bildirdi

Xitoy Superligasining 17-turida «Shanxay SIPG» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olgan «Shanxay Shenxua» futbolchisi Demba Ba o‘zini qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

«Voqeadan bir necha kun o‘tganidan keyingina butun dunyoda ko‘plab kishilar meni qo‘llab-quvvatlab turganini his qildim. Sizlarni xudo o‘z panohida asrasin! Barchangizga tinchlik tilayman! Rahmat», -deya yozgan Ba o‘z tvitterida.

Eslatib o‘tamiz, o‘sha o‘yinning ikkinchi bo‘limi vaqtida "Nyukasl" va "Chelsi"ning sobiq futbolchisi oyoqlariga ortdan kelgan raqibning o‘zini to‘xtata olmasdan zarba berishi oqibatida og‘ir jarohat oldi. Uning oyog‘i singani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

«Shanxay Shenxua» jamoasi bosh murabbiyi Gregorio Mansano futbolchi bu jarohat tufayli faoliyati yakunlanishi mumkinligini bildirgan.

Bundan oldinroq futbolchining to‘la tiklanishi uchun 8 oy vaqt talab etilishi ma'lum qilingandi.