Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada patronaj oyligi doirasida 2350 nafardan ortiq fertil yoshidagi ayollarga tibbiy maslahat berildi
Farg‘ona viloyatidagi birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalarida patronaj oyligi davom etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
So‘nggi yillarda viloyatda 283 qishloq vrachlik punkti tashkil etildi. Ularning 61 tasi uchun yangi binolar qurildi, mavjudlari kapital rekonstruksiya va ta'mirdan chiqarildi.
Farg‘ona tumanidagi “Shohimardon” qishloq vrachlik punktida ham patronaj oyligi yuksak saviyada tashkil etilmoqda. Mazkur QVP hududdagi 8 mingdan ortiq aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Oylik davomida muassasaning 7 patronaj hamshirasi hududdagi xonadonlarda bo‘lib, aholi salomatligi va kasallikni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganib chiqmoqda. Onalar va bolalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj insonlar, yolg‘iz keksalar, nogironlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek, 2 ming 350 dan ortiq fertil yoshidagi ayollarga tibbiy maslahatlar berilmoqda.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025