Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB Markaziy Osiyo iqtisodiyotining 2016 yilgi o‘sish sur'atlarini pasaytirdi
Osiyo Taraqqiyot banki Markaziy Osiyoning besh mamlakati iqtisodiyotlarining 2016 yilgi umumiy rivojlanish sur'atlarini aprel oyidagi 2,1 foizdan 1,7 foizga tushirdi, deyiladi OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabarida.
Bundan tashqari, OTBning yangilangan Asian Development Outlook hisobotida mintaqaning besh davlati — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston iqtisodiyotlarining 2017 yilga doir umumiy rivojlanish bashorati ham 2,8 foizdan 2,7 foizgacha pasaytirilgan.
Bank ekspertlaring fikricha, jahon bozorlarida xom-ashyo narxlarining arzonligi saqlanib qolayotgani, xususan neft va gaz bahosining pastligi hamda Rossiya iqtisodiyotidagi turg‘unlik Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlariga salbiy ta'sir etishda davom etmoqda.
Jumladan, xorijdan, birinchi galda Rossiyadan yuborilayotgan pul jo‘natmalari hajmining qisqarishi mintaqadagi ichki iste'molga ziyon qilmoqda.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
08:52 / 12.05.2025
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
14:42 / 06.05.2025