Xillari Klinton tvitterda ispan tilidagi akkauntini ochdi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton tvitterda ispan tilidagi akkauntini ochdi, deyilmoqda uning saylovoldi shtabi bayonotida.
"Biz "Xillari ispan tilida" deb nomlangan yangi sahifani taqdim qilamiz. Biz bu yerda uning prezidentlik kampaniyasi haqida ma'lumotlar bilan bo‘lishamiz", deyilmoqda @Hillary_esp akkauntining birinchi xabarida.
Klinton shtabi bayonotida akkaunt AQShda ispan tilida so‘zlashuvchi 40 mln odamga ma'lumotlar berish uchun ishga tushirilgani aytilmoqda.
Bayonotda Klinton "Amerika kuchi uning turfaligi va ko‘p madaniyatligida" ekanini tushunishi aytilgan.
Klintonning asosiy raqibi Donald Tramp AQShga keladigan meksikaliklar haqida bir necha marotaba salbiy fikr bildirgan hamda AQSh va Meksika o‘rtasida devor qurish taklifi bilan chiqqan.
Mavzuga oid
22:05 / 20.08.2024
Xillari Klinton Kamala Xarrisga «shisha shift»ni sindirish vaqti kelganini aytdi
14:05 / 26.03.2024
O‘yin akkauntini sotishini aytib, fuqaroning pulini o‘zlashtirgan 20 yoshli yigit ushlandi
14:06 / 14.11.2022
Mastodon nima? U Twitter’ning o‘rnini egallaydimi?
19:06 / 18.02.2022