Tramp: AQShning boshqa mamlakatlarga aql o‘rgatishga haqqi yo‘q
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp faqatgina o‘z majburiyatlarini bajaradigan ittifoqdoshlarigagina yordam berishini ma'lum qildi. Bu haqida milliarder The New York Times gazetasiga bergan intervyusida fikr bildirdi.
Trampning aytishicha, u mavjud kelishuvlarni amalda tatbiq etishda davom etish tarafdori. Shu bilan birga u AQShning sheriklari Vashingntonning saxiyligidan foydalanishni bas qilishlari kerakligini ta'kidladi.
Trampdan Rossiya tomonidan tahdid bo‘lgan taqdirda, NATO bo‘yicha ittifoqdoshlariga yordam ko‘rsatish yo ko‘rsatmasligi haqida so‘ralganda, u quyidagicha javob berdi: "Agar ular bizning oldimizdagi majburiyatlarini bajarayotgan bo‘lishsa, unda - ha".
Shu bilan birga Tramp AQSh boshqa mamlakatlarga "aql o‘rgatishga haqqi yo‘q"ligini aytdi. "Atrofga bir qarang - mamlakatimizda nimalar sodir bo‘lmoqda?! Odamlar sovuqqonlarcha politsiya xodimlarini o‘ldirib ketayotgan bir paytda qanday qilib birovga aql o‘rgatish mumkin?", - dedi milliarder.
Tramp Qo‘shma Shtatlari birovga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdan avval "o‘zining mamlakatida tartib o‘rnatib olishi" zarurligini ta'kidladi. Shu jumladan, u Turkiyadagi to‘ntaruv harakati natijasidagi "tozalash" jarayoniga nisbatan munosabat bildirmasligini ma'lum qildi
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024