Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy shimoli-sharqida ulkan gaz quvuri yorilib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Xitoy shimoli-g‘arbiy qismidagi Ninsya-Xuey muxtor hududida 21 iyul kuniga o‘tar kechasi «G‘arb-Sharq» nomli yirik gaz quvuri bo‘limlaridan biri yorilib ketdi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar bergan.
Bu gaz quvuri Shinjon-Uyg‘ur muxtor hududidagi gazni mamlakatning sharqiy qismiga olib o‘tishga xizmat qiladi.
Gaz quvuri Chjunvey shahrida bo‘lib o‘tayotgan geologik ishlar vaqtida yorilgan. Natijada gaz sizib chiqa boshlagan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘lib, 3 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga olib borilgan.
«Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari zudlik bilan tegishli choralarni ko‘rib, odamlar evakuatsiyasi qilindi», deyilgan xabarda.
Hududdagi vaziyat ustidan nazorat qo‘lga olingan, qayta tiklash ishlari olib borilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025