Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Biz bundan buyon hech bir davlat o‘qimaydigan va tushunmaydigan bitimlar tuzmaymiz
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp amerikaliklarga "yangi va adolatli" savdo siyosatini, ishchi o‘rinlar himoyasi va "g‘irromlik" qilayotgan mamlakatlar bilan savdo urushlarini va'da qildi. Shuningdek u kollektiv savdo kelishuvlari o‘rniga individual savdo kelishuvlarini tuzishni ma'lum qildi.
"Men ishchilarning kelajagiga boshqacha nigoh bilan qarayman. U ishchi o‘rinlarni himoya qiluvchi hamda g‘irrom mamlakatlar bilan kurashuvchi yangi adolatli savdo siyosatidan boshlanadi", - deya ma'lum qildi Tramp. "Men yomon savdo kelishuvlarini yaxshiga almashtiraman", - deb va'da berdi u.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Klinton Shimoliy Amerikadagi erkin savdoga doir muvaffaqiyatsiz kelishuvni va Trans-Tinch okeani savdo hamkorligini qo‘llab-quvvatlagan. Uning fikricha, bu "ishlab chiqarishni parchalaydi" va "Amerikani xorijiy hukumatlar qarorlariga bo‘ysunishga majbur qiladi".
"Men ishchilarimizga zarar yetkazadigan bitimlarni hech qachon imzolamaslikka va'da beraman. Buning o‘rniga men muayyan mamlakatlar bilan alohida bitim tuzaman", - dedi Tramp.
"Biz bundan buyon hech bir davlat oxirgacha o‘qimaydigan va tushunmaydigan minglab sahifadan iborat ulkan bitimlarni tuzmaymiz", - dedi milliarder. Shuningdek u boshqa mamlakatlarning savdo kelishuvini soliq va tariflar orqali buzishi bilan kurashishga bel bog‘laganligini bildirdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025