Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fyodor Konyuxov havo sharida jahon rekordini yangiladi
Rossiyalik sayyoh Fyodor Konyuxov havo sharida dunyo bo‘ylab sayohat qilish rekordini yangiladi, u 11 kundan ko‘proq vaqt ichida yer sayyorasini aylanib chiqdi, deb xabar qilmoqda ABC telekanali.
64 yashar Konyuxov o‘z sayohatini 12 iyul kuni Avstraliyaning g‘arbiy sohilida havoga ko‘tarilishdan boshlagan edi. U, Yer sharini 13 kunda aylanib chiqqan amerikalik Stiv Fossetning rekordini yangilash niyatida edi.
23 iyulda Konyuxov yangi jahon rekordi qayd etilishi uchun lozim bo‘lgan nuqtani kesib o‘tgan. Biroq, rossiyalik oldida yana bir mushkul vazifa turibdi. U, yarim tungacha yerga qo‘nishi kerak. Konyuxovning o‘g‘li va jamoasining a'zosi otasining erishgan natijasini “mo‘'jiza”ga qiyoslagan.
"Morton" kompaniyalar guruhi mazkur loyiha bosh homiysi va tashkilotchisi hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
11:56 / 06.02.2025