Jamiyat | 01:29 / 23.07.2016
18596
3 daqiqa o‘qiladi

Ko‘zi ojiz moskvalik uni o‘zbekistonlik ayol aldab ketganini aytmoqda

Ko‘zi ojiz moskvalik o‘zini nikoh rishtalari bilan bog‘laganidan afsuslanmoqda. Uning "baxtli oilaviy hayoti" uzoq davom etmadi va uning rafiqasi unga nikoh shartnomasini imzolashni taklif qilganda tugadi. Endi erkak yaqinlarinikida sargardon bo‘lib yurishiga to‘g‘ri kelmoqda. 

43 yoshli Ilyas Saleyev yoshligidan nogiron hisoblanadi. U o‘zbekistonlik ayolga uylangandi. Ko‘zi ojiz erkak ayol tomonidan aldanganini aytmoqda. Uning aytishicha, ayol unga uxlatuvchi dori ichirib qo‘ygan. Shundan keyin, qandaydir yo‘l bilan u ayol bilan nikoh shartnomasi tuzib, uni ikki xonalik uyiga doimiy yashashga o‘tkazgan holat yuz berdi.   

Hujjatlarga ko‘ra, Ilyas vafot etadigan bo‘lsa kvartira ayolga qoladi. Ilyas sudga murojaat qildi, biroq u yerda nikoh haqiqiy deb topildi. Bu orada Ilyasning ta'kidlashicha, ayol uni qanday bo‘lmasin siqib chiqarmoqchi. Ayol kvartiraning to‘laqonli egasi sifatida kvartirada bir necha muhojirlar bilan yashamoqda.

"Kamsitish, kaltaklanishlardan keyin men shifoxonaga tushib qoldim. Menga birinchi nikohimdan farzandim bilan nimadir sodir bo‘lishi bilan tahdid qilib qattiq bosim o‘tkazganlaridan keyin, men yana qandaydir hujjatlarni imzolab berdim", demoqda Ilyas.

Uning badanidagi chandiqlar deyarli bitib ketgan. Biroq yuragidagilari hali bitmagan. Erkak "sevgilisi" uchun kvartirani sotib, Moskva markazidan chetiga ko‘chib o‘tdi va o‘zining uzoq qarindoshlarinikida yashirinishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ilyasning qarindoshi Rushan Xayrovning aytishicha, "birinchi kvartira 15 mln rublga sotilgan. So‘ngra 10 mln ga tejamkor variantdagi uy sotib olingan. Oradagi farq – 5 mln rubl yo‘qolib qolgan. Bu pullar Ilyasda yo‘q. U faqatgina pensiyaga yashamoqda".

Erkak yaqinlari avvaldan bu nikohga qarshi chiqqanlarini yashirmayaptilar, biroq o‘shanda aralashmaslikka qaror qilishgandi.

Voqea tafsilotlari videomaterialda keltirilgan.