Jamiyat | 12:54 / 23.07.2016
21809
1 daqiqa o‘qiladi
"Moskva suzmoqda": Rossiya poytaxtidagi suv toshqinlari ijtimoiy tarmoqlardagi suratlarda
22 iyul kechki payt Moskvada kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Ob-havo mutaxassislari kunduzi havo buzilishini prognoz qilgandilar va elektr uzatish liniyalari, daraxtlar va mustahkam o‘rnatilmagan reklama konstruksiyalarining shikastlanishidan ogohlantirishgandi.
Moskvada shtorm ogohlantirishi munosabati bilan yog‘ingarchilikning oqibatlarini bartaraf etish uchun 200 texnika birligining navbatchiligi tashkil etildi. Biroq shunga qaramay bir qism ko‘chalar toshqin ostida qolib, markazda ko‘p kilometrlik avtomobillar tirbandligi yuzaga kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ob-havo va suvlar oqib ketadigan ariqlar tizimi yaxshi ishlamasligidan shikoyat qilib, yog‘ingarchilik oqibatlarining foto va videolarini chop etishdi.