Maktabga shorti kiyib kelgan o‘quvchilarni jazolashgan edi, ular ertasiga yubka kiyib kelishdi
Braytondagi Longhill High School maktabi shorti (kalta ishton) kiyib olgan to‘rt nafar o‘quvchiga tashqi ko‘rinish qoidalarini buzgani uchun tanbeh berdi va ularni uyiga jo‘natib yubordi. Ertasi kuni o‘sha bolalar maktabga yubkada kelishdi. Chunki yubkada yurish maktab qoidalariga to‘g‘ri kelardi. Bu haqda Go Social yozmoqda.
Maykl Parker, Kodi Ayling, Jorj Boyland va Jyessi Stringerlar maktab dress-kodini buzmagan holda o‘quv-mashg‘ulotlariga yubkalarda kelishgan. Bu holat o‘quv maskanidagilarning e'tiborini o‘ziga tortmadi, o‘quvchilar shu holatda bir hafta mobaynida maktabga qatnashdi.
O‘quvchilardan biri Maykl Parkerning onasi o‘g‘li va do‘stlarining ushbu harakatini qo‘llab-quvvatlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktabga qizlarning yubka kiyib kelishlariga ruxsatning borligi va o‘g‘il bolalarga shorti kiyishga ruxsatning yo‘qligi adolatdan emas. Buning ustiga havo issiq va maktab xonalarining aksariyatida konditsioner yo‘q, deya ta'kidlaydi ayol.
Mavzuga oid
19:41 / 15.08.2023
133 million yevroga «sakkizoyoq». APL tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylangan Kaysedo o‘zi kim?
07:22 / 12.09.2022
IIBB 142-maktabda o‘quvchilar tekshirilgani bo‘yicha izoh berdi
16:39 / 08.09.2022
Navoiyda ehtiyojmandlarga ajratilgan yordam pullari “tuya” qilinyapti
18:48 / 15.10.2021