Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Capstone Turbine Corporation O‘zbekistonga elektrostansiyalar yetkazib beradi
Amerikaning Capstone Turbine Corporation kompaniyasi O‘zbekiston gaz qazib oluvchi inshootlari uchun elektrostansiyalar yetkazib beradi. Capstone Turbine Corporationning Rossiyadagi yirik distribyutori BPTs Injiniring «O‘zbekneftegaz» xolding kompaniyasining bir qator gaz qazib oluvchi inshootlariga ENEX elektrostansiyalarini yig‘ish va yetkazib berish shartnomasini imzoladi.
Loyiha Jahon banki homiyligida yo‘ldosh gazlarni yoqishni qisqartirish Global hamkorlik dasturi (GGFR) doirasida amalga oshirilmoqda. «O‘zbekneftegaz» MXK 2008 yildan GGFR hamkori hisoblanadi va mash'ala uskunalarida neftning yo‘ldosh gazini yoqishni qisqartirish bo‘yicha kompleks choralarni ko‘rib keladi.
Shu maqsadda, O‘zbekistondagi «Sho‘rtan» gaz-kimyo majmuasida Rossiyada ishlab chiqilgan quvvati 1000 kVtlik mikroturbinali ENEX 1000 elektrstansiyalari o‘rnatiladi. «Sho‘rtanneftegaz» korxonasining yana uchta konida chiquvchi yo‘ldosh gazlarni ENEX 65 va uchta ENEX 130 stansiyalari yoqib, elektr manbaiga aylantiradi.
Ishlab chiqilgan elektr quvvati gaz qazib oluvchi inshootlarning o‘z ehtiyojlariga sarflanadi. Shartnoma asosida yetkazib beriladigan elektrostansiyalarning umumiy quvvati 2455 kVtni tashkil etadi.
«O‘zbekneftegaz» MXK ENEX elektrostansiyalaridan foydalanish bilan yiliga 7 mln kub metrdan ko‘proq yo‘ldosh gazni yoqish barobarida undan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yadi.
Bundan tashqari, avvallari yo‘ldosh gazlar shunchaki mash'ala quvurlarida yoqilgan va hech qanday foyda keltirmagan bo‘lsa, endilikda kompaniya uni yoqish orqali hosil qilgan energiya quvvatidan ishlab chiqarishda foydalanish barobarida atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlarning qisqarishiga ham hissa qo‘shadi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025