Jahon | 12:27 / 26.07.2016
7373
2 daqiqa o‘qiladi

Halab shahri sharqida har hafta 48 soatlik gumanitar tanaffus joriy qilinishi mumkin

Foto: RIA

BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O'Brayyen, Suriyaning Halab shahrining sharqiy qismidagi 250 ming kishiga insonparvarlik yordamini tashkil etish maqsadida har hafta 48 soatlik muvaqqat sulh joriy qilishni taklif etdi. U, BMT XKning majlisida nutq qilib, uning a'zolarini mazkur g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. 

"Men tomonlarni va ularga ta'sir o‘tkaza oladiganlarni sharqiy Halabda 48 soatlik gumanitar sulh joriy etishga chaqiraman. Shundagina, BMT va uning hamkorlari front ortida qamalib qolgan chorak million kishiga yordam berish imkoniga ega bo‘ladi. Bu faqatgina tashkilotning gumanitar rahbari sifatida mening nomimdan emas, balki butun xalqaro hamjamiyat chag‘irig‘i sifatida qabul qilinishi kerak", - degan O’Brayyen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Halab sharqidagi oziq-ovqatlar zaxirasi avgust oyi o‘rtalarigacha yetadi. Suriyaning yirik shahrida keng qamrovli harbiy harakatlar tobora avj olayotgani bois, gumanitar yuklar yetkazib berish amaliyoti barham topgan va endilikda "shahar aholisiga qamalda qolish xavf solmoqda".

Mavzuga oid