Jahon | 09:25 / 26.07.2016
6156
1 daqiqa o‘qiladi

Yildirim: Turkiya hukumati konstitutsiyani o‘zgartirish ustida ishlaydi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning bayonotiga ko‘ra, mamlakat siyosiy partiyalari Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgartish kiritish ustida ishlaydi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

U bu haqda, prezident Erdo‘g‘an raisligida o‘tgan hukumat majlisidan so‘ng, so‘z yuritgan. 

Yildirimning aytishicha, tomonlarning asosiy maqsadi, davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, yangi konstitutsiyani ishlab chiqishdan iboratdir. 

U shuningdek, mamlakat qurolli kuchlari tarkibidagi jandarmeriya va sohil qo‘riqlash xizmati IIV qo‘mondonligiga o‘tishini ma'lum qildi. 

Avvalroq, Turkiya rahbariyati huquq himoyachilarining qiynoqlarga yo‘l qo‘yilayotgani to‘g‘risidagi ayblovlarini inkor etgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid