Jamiyat | 09:45 / 26.07.2016
8174
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik operachi o‘zining sevimli artisti xotirasiga bag‘ishlab velosafar o‘tkazmoqda

58 yoshli o‘zbekistonlik opera qo‘shiqchisi, Toshkentda «Registon» ansambliga rahbarlik qiluvchi Xursand Sherov o‘zining sevimli artisti Muslim Magomayev xotirasiga velotur o‘tkazdi. Bu haqda My Day xabar bermoqda.

Xonandaning turi Ipak Yo‘li orqali bo‘lib, Olmaota, Novosibirsk, Krasnoyarsk, Irkutsk, Chita, Manchjuriya va Pekin shaharlarini o‘z ichiga oladi. Qaytishda esa Turkmaniston va Ozarbayjondan o‘tib, 29 oktabr kuni Bokuda konsert beradi.

Eslatib o‘tamiz, bu xonandaning Magomayev xotirasiga bag‘ishlagan ikkinchi velosafari hisoblanadi. U ilk turida 3,5 ming kilometr yo‘l bosib, Toshkentdan Moskvagacha safar qilgan edi.

Ayni paytda Sherov Chitada bo‘lib, u yerdan 26 iyul kuni Zabaykalskka yo‘l oladi.