Jyerri Yang qanday qilib Yahoo’ni yo‘q qildi
2005 yilda Yahoo’ning hammuassisi Jyerri Yang texnologiyalar tarixidagi eng katta strategik investitsiyani amalga oshirdi, u kompaniyaning 1 milliard dollarini Xitoyning Alibaba nomli yosh internet saytining 40 foiz aksiyasiga sarfladi.
Alibaba o‘sha payt uchun qimmat bitim hisoblanib, bu tavakkal qo‘yilgan qadam edi, lekin oxir-oqibat u Kremniy vodiysida eng ko‘p daromad keltirgan bitim bo‘lib chiqdi: bugungi kun bahosiga ko‘ra, uning ulushi 80 milliard dollardan ortiqni tashkil qiladi. Qoidaga ko‘ra, bunday muvaffaqiyat kompaniyani ko‘p yillar davomida saqlab turishi kerak edi, biroq 25 iyul kuni Yahoo o‘zining operatsion biznesi – veb-resurslarini Alibaba va boshqa investitsiyalarsiz sotuvga qo‘yishini ma'lum qildi.
Yang Alibaba’ni qo‘lga kiritganiga qaramay, Yahoo’ning u tufayli sotilishi muqarrar edi. Yahoo’ning yangiliklar, elektron pochtalar va tijorat texnologiyasiga oid asosiy biznesi ko‘p yillar davomida barqaror ravishda pasayib keldi, chunki kompaniya ijtimoiy va mobil “to‘lqin”larni qo‘ldan boy berdi.
Kutilmaganda Yahoo investorlari Alibaba kompaniyasining aksiyalariga egalik qilish Yahoo saytlarining kurashidan ko‘proq ahamiyat kasb etishini tushunib yetishdi. Nafaqat bu, balki soliq to‘lashga doir jihatlar ham ulkan usutvorlikka sabab bo‘ldi.
Bir yildan ortiq vaqt davomida Yahoo Kremniy vodiysida daromad keltirmaydigan ishlar bilan shug‘ullanib ko‘rdi. Kompaniyaning bosh direktori Marissa Mayyer mobil ilovalar, video-reklamalar, shuningdek ijtimoiy tarmoq imkoniyatlari bilan bog‘liq biznesni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘ldi, biroq bu hech qanday natija bermadi.
Hozirgi paytda Yahoo og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda. Kompaniyaning asosiy biznesi Alibaba tufayli inqirozga yuz tutmoqda. Shu bois kompaniya 25 iyul kuni o‘z aksiyalarini sotuvga qo‘ydi.
Mavzuga oid
12:08 / 25.10.2024
Starbucks global sotuvlar tarixidagi eng keskin pasayish haqida xabar berdi
11:50 / 19.09.2024
Ish ko‘p, maosh kam: Yevropa shifoxonalarida “kadrlar inqirozi” yuz bermoqda
18:20 / 14.09.2024
Ishchi kuchi kamaydi: Gretsiya demografik falokatga yuz tutmoqda
12:28 / 10.09.2024