Light | 22:01 / 28.07.2016
9525
2 daqiqa o‘qiladi

«Ikki xorijlik Bollivudda»: Shved yigitlarining Hindistondagi sarguzashtlari

Shvetsiyalik Yoxan Bartoli va Xampus Bergkvist o‘z instagram sahifalari yordamida Hindiston internetida juda mashhur bo‘lib ketishdi. Ularning loyihasi Mashable portalining diqqatini o‘ziga tortdi.

Bartoli (25 yosh) va Bergkvist (26 yosh) universitetda o‘qib yurgan kezlarida do‘stlashishgan va ularni Bollivudga bo‘lgan muhabbat yanada yaqinlashtirgan. Ular o‘qishni bitirishgach, Mumbayga sayohatga otlanishadi va u yerda o‘n oy bo‘lishadi.

2015 yilning sentabrida ular o‘zlarining “Ikki xorijlik Bollivudda” deb nomlangan tarmoq loyihasini amalga oshirishadi. Ushbu loyiha Hindistonda hamon ommaviy hisoblanadi. Ularning feysbuk sahifasidagi obunachilar soni 417 mingdan oshib ketdi.

Ular olib borayotgan hajviy kichik bloglar yigitlarning mahalliy serial va reklama roliklarida suratga tushishlariga turtki bo‘ldi. Yevropacha ko‘rinishlaridan foydalangan holda ruslar, ispanlar va britaniyaliklar obrazida gavdalanishdi.

Bartoli va Bergkvist ayrim roliklarida Hindistondagi safarlarida uchraydigan ayrim kamchiliklarni hajvga olishdi. Masalan, Mumbay yo‘llari bunga misol bo‘la oladi.

Ular suratga olish ishlaridan tashqari begona mamlakatda yashash uchun kurashishmoqda. Ular ko‘p vaqtlarini kastinglarga sarflashmoqda, til o‘rganishmoqda va Bollivudda haqiqatan ham o‘z o‘rinlarini topishga harakat qilishmoqda.