Light | 16:23 / 30.07.2016
25932
2 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Sayyoramizdagi eng iflos shahar

Sayyoramizdagi eng iflos shahar qaysi ekanligini bilasizmi? Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng iflos shahar Dehli (Hindiston) hisoblanadi. National Geographic nashri mazkur shahardan fotoreportaj taqdim etdi. 

Bu hududda nafaqat havo, balki daryolar va hovuzlaridagi suvlar ham ifloslangan. Dehlida avtomobillar juda ko‘p, hudud tez urbanizatsiyalashadi, chiqindilar esa ko‘pincha yoqib yuboriladi - bularning barchasi shunga olib keldiki, mintaqadagi havoning ifloslanish darajasi Pekindagidan yuqorilab ketdi. Daryolarga muntazam ravishda chiqindilar kelib tushadi.

Dehlida sut fermalari, zavodlar, aholi punktlari katta-katta axlatxonalar yaqinida joylashgan. 

Daryo suvining iflosligiga qaramay, odamlar ularda yuvinishadi, cho‘milishadi va suv ichishadi - bu bilan gunohlardan forig‘ bo‘lishadi, deb o‘ylashadi. Yamuna daryosi shahar aholisining ma'naviy hayotida katta ahamiyat kasb etadi. 

Shaharda yashovchilarning ko‘pi axlatxonalardagi chiqindilarni titib, u yerda topilgan metall, plastik va boshqa narsalarni qayta ishlashga topshirishadi va shu orqali kun kechirishadi. 

Manba: Xabardor.uz