Light | 09:28 / 31.07.2016
18583
1 daqiqa o‘qiladi

7,6 km balandlikdan parashyutsiz sakragan amerikalik yerga muvaffaqiyatli tushdi

Amerikalik skaydayver Lyuk Aykins 7,6 km balandlikdan parashyutsiz sakrashni amalga oshirdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Professional parashyutchi samolyotdan parashyutsiz sakrashi va 20 qavatlik uy balandligida ikkita kran orasida tortilgan maxsus to‘rga qo‘nishini e'lon qilgandi. Ekstremalga sakrashi oldidan parashyutsiz sakrash taqiqlandi, biroq keyin bu qaror o‘zgartirildi.

Aykins bunday tryukni amalga oshirgan birinchi odam bo‘ldi. 42 yoshli ekstremal o‘z faoliyati davomida parashyut bilan 18 mingta sakrash amalga oshirgan.

AQShlik ekstremal samolyotdan parashyutsiz sakraydi