Jahon | 22:33 / 02.08.2016
42505
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Rossiya borasida kutilmagan bayonot bilan chiqish qildi

AQSh prezidenti Barak Obama ma'lum qildiki, AQSh va Rossiya mavjud kelishmovchiliklarga qaramasdan umumiy qiziqishlar doirasidagi muammolar ustida birgalikda ish olib borishi mumkin. U misol sifatida Suriya va Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha hamkorlik qilinishi mumkinligini keltirgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

U rasmiy Vashington va Moskvaning qarashlari turlicha bo‘lsada, bu hamkorlikda ishlash uchun to‘sqinlik qilmasligini qayd etgan. Amerikaliklar yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, hatto Rossiya AQSh Demokratik partiyasining ma'lumotlari bazasiga qilingan hujumga aloqador bo‘lgan taqdirda ham bu o‘zaro munosabatlarga jiddiy zarar yetkazmaydi.

30 iyul kuni Assanj WikiLeaks Klinton va demokratlarga oid ko‘plab hujjatlarga egaligini ma'lum qildi.

Keyinroq Hillari Klinton demokratlar milliy qo‘mitasi kompyuter tarmog‘iga buzib kirilishida Rossiya maxsus xizmatlarini aybladi.