Fan-texnika | 16:29 / 03.08.2016
5899
1 daqiqa o‘qiladi

IKEA XVIII asr Instagram’ini taqdim etdi

IKEA mebel kompaniyasi Instagram tarmog‘ida taom suratlari bilan bo‘lishuvchi akkaunt egalariga hazil tariqasida ishlangan yangi reklama roligini namoyish qildi. Let's Relax (“Keling, dam olaylik”) nomini olgan video kompaniyaning YouTube-kanali orqali 31 iyul kuni havola etilgan va u uch kun ichida 1,3 million marta ko‘rilgan. 

IKEA videotasmada Instagram paydo bo‘lgunga qadar yashagan odamlar uchun qanday taom yegani haqida boshqalarni xabardor qilish naqadar qiyin kechganini ko‘rsatib bergan. Buning uchun musavvirlar jamoasini yig‘ish, so‘ngra tayyor bo‘lgan suratlarni do‘stlariga kurerlar orqali jo‘natishga to‘g‘ri kelishi tasvirlangan. Videoning oxirida shunday yozuv paydo bo‘ladi: “Bu taom, musobaqa emas. Keling, dam olaylik”.