Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Gimmler kundaliklarining shokka tushiruvchi bo‘laklari topildi
Rossiya Mudofaa vazirligining Podolskdagi arxivida reyxsfyurer Genrix Gimmler kundaliklarining yangi bo‘laklari topildi. Unda yuksak lavozimli natsistning kundalik hayotida sodir bo‘lgan hayratlanarli voqealar aks ettirilgan. Bu haqida BBC xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Gimmler kundaligida 10 nafar polyakni qatl qilishdan oldin uni uqalashgani (massaj), shuningdek unga “Buxenvalddagi tamaddi yoqqani” yozilgan.
Bundan tashqari, natsist SS’chilarga itlarni “odamlarni burdalab tashlaydigan” qilib mashq qildirishni buyurgani to‘g‘risida yozgan.
Topilma Moskvadagi Germaniya tarix instituti tomonidan o‘rganilmoqda. Kundaliklar 1938, 1943 va 1944 yillarga taalluqli. Gimmler kundaligi yangi bo‘laklarining chop etilishi bilan Germaniyaning Bild nashri shug‘ullanadi.
Bundan avval tarixchilar Gimmlerning 1941, 1942 va 1945 yillardagi kundaliklarini o‘rganib chiqishgan.
Mavzuga oid
13:40 / 19.06.2024
IHeS Rossiyani sovet arxivlaridan foydalanishga ruxsat bermagani uchun qoraladi
10:39 / 16.06.2024
100 yil oldin O‘zbekistonda Qurbon hayiti qanday nishonlangan? Arxiv suratlar
19:08 / 01.05.2024
2024 yilda arxiv hujjatlarining qanchasi maxfiylikdan chiqarilgani ma’lum qilindi
15:49 / 11.12.2023