Jahon | 17:37 / 04.08.2016
19595
8 daqiqa o‘qiladi

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

AQSh prezidenti Barak Obama bugun 4 avgust kuni 55 yoshligini nishonlamoqda. So‘nggi 8 yilda u jahonning ham iqtisodiy, ham harbiy jihatdan eng qudratli davlatini boshqarib kelmoqda. Obama prezidentlik lavozimida nimasi bilan xotiralarda muhrlanib qoladi – bu haqida fotojamlanmamizda batafsil. 

1.  2008 yilgi saylovoldi kampaniyasi davomida uncha taniqli bo‘lmagan Illinoys shtati senatori Barak Obamaning AQSh prezidenti bo‘lishini hech kim kutmagandi. U prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lgan birinchi afroamerikalik hisoblanadi. 

2.  Otasi keniyalik, onasi amerikalik bo‘lgan Barak Obama Havayi shtatida tavallud topgan. Maktabda o‘qigan davrida u giyohvand moddalar iste'mol qilgan. Biroq Harvardda o‘qishga kirgunga qadar o‘zini bosib olgan va ijtimoiy loyihalarni tashkillashtirish tajribasiga ega bo‘ldi. Harvardda Obama huquqshunos diplomini olgan. 

3.  Barak Obama Rossiya bilan munosabatlarni qayta o‘rnatish “g‘oya”sini qo‘llab-quvvatladi. U 2010 yilda e'lon qilingan. Biroq Moskvada bu g‘oya uncha tushunilmadi. Amerika rahbari va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi munosabatlardan buni payqash qiyin emas – ayniqsa ilk yillarda.

4.  2009 yilning boshida prezidentlik lavozimini egallagan Obama shu yilning kuz oyidayoq Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu bir qator davlatlarda tushunmovchiliklarni keltirib chiqardi. Shunga qaramay Nobel qo‘mitasining qarorida mantiq bo‘lgan. Obama Oq uyga kelishi bilan prezident siyosatda yangi so‘z ayta oladigandek va muammoli mintaqalar bilan munosabatga kirisha oladigandek tasavvur uyg‘otgan. 2009 yilda bu eng avvalo Yaqin Sharq mamlakatlari edi. Suratda – Barak Obama Oq uyda Minnatdorchilik kunini nishonlamoqda. 

5.  AQSh davlat kotibi Hillari Klinton va Obama chin ma'noli  ishonchli munosabatlar qura olishmadi. Bu Obamaning birinchi muddati nihoyasiga yetgach, Klinton prezidentlik jamoasini tark etganidan keyin yaqqol namoyon bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, ular hozir birga. Klinton – Demokratik partiyaning Oq uyda hukmronligini saqlab qolishi uchun yagona umidi. 

6. 2008-2012 yillarda Rossiya prezidenti bo‘lgan Dmitriy Medvedev Obama bilan chin dildan ishonchli munosabatlar o‘rnatmoqchi bo‘lgandek tasavvur uyg‘otgandi. Bu ikkisi bir-biriga yaxshi munosabatda bo‘lgan va hattoki 2010 yilda strategik qurollanishni qisqartirish to‘g‘risida yangi muzokarani imzolashgan. Suratda - Barak Obama va Dmitriy Medvedev Arlingtondagi Ray's Hell Burger restoranidagi nonushta paytida.

7.  Obama prezidentlik qilgan davrda Amerika maxsus xizmati xodimlari tomonidan birinchi raqamli xalqaro terrorchi Usama bin Lodinni yo‘q qilindi. Biroq AQShning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Bin Lodin va uning “Al-Qoida”si o‘rniga IShID paydo bo‘ldi. Suratda – Barak Obama, Hillari Klinton va Jo Baydenlar Usama bin Lodinni yo‘q qilish operatsiyasini kuzatishmoqda, 1 may 2011 yil.

8. Obama davlat yoqasiga kelgan ilk paytlarda AQShning haqiqiy pop yulduzi bo‘lgan. Uning o‘zini tutishi va gapirishi ko‘plab amerikaliklarning hurmatini qozongan. Suratda - Barak Obama va pasxa quyonchasi o‘z tarafdorlari oldiga chiqishgan.

9.  Obamaning “maxfiy quroli” – uning oilasi. O‘zini qanday tutishni yaxshi biluvchi, oliy ma'lumotli Mishel Obama AQShning birinchi raqamli xonimi roliga juda mos tushdi. Obama juftligining Maliya va Sasha ismli ikki qizi bor. Suratda – Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Barak Obama qizi Sasha bilan vaqtini chog‘ o‘tkazmoqda, 16 avgust 2007 yil.

10.  2014 yilda Obama Ukrainadagi inqiroz va Qrimning Rossiya tarkibiga kiritilishi AQShni qat'iy va tez harakat qilishga undadi. Na unisi, na bunisini bartaraf etishga muvaffaq bo‘linmadi. Vashington Qrimni Ukraina tarkibiga qaytara olmadi, Rossiya esa dunyo barqarorligiga rahna soluvchi eng asosiy tahdidlardan biri sifatida e'tirof etildi. Suratda – Ukraina prezidenti Petro Poroshenko va Barak Obama Oq uyda, 2014 yil.

11. Ikkinchi muddatga kelib, Obamaning mashhurligi so‘na boshladi. Amerikaliklar Obama o‘zini qanday to‘g‘ri tutmasin, u o‘zi va'da qilgan Vashingtonning ichki muhitini o‘zgartira olmaganiga ishonch hosil qilishdi.

12. Obamaning Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi hissiyotlarga to‘laligi bilan ajralib turgan. Obama ilgari Amerikaga egalik qilgan Buyuk Britaniyaga hurmat bajo keltirgan. 

13. Ikki muddatga prezidentlik lavozimini saqlab qolgan Barak Obama kishilar bilan til topishish xususiyatlarini yo‘qotmadi. Suratda - AQSh prezidenti Oq uyda bolalarga ertak o‘qib bermoqda, 2014 yil.

14. AQSh va Yevroittifoq o‘rtasidagi aloqalar Barak Obama hukmronligi davrida o‘zgara boshladi. Vashington Yevropa muammolariga uncha aralashmay qo‘ydi. Bu esa AQShning dunyo yetakchiligini yo‘qotayotganidan dalolat berardi. Suratda - AQSh prezidenti Barak Obama va Germaniya kansleri Angela Merkel Kemp-Deviddagi G8 sammitida, 2012 yil.

15. 2016 yilgi saylov kampaniyasi davomida Barak Obama Amerika aholisining ko‘nglidan joy olish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilmoqda. Suratda - Barak Obama xotini va qizlari bilan boshpanasiz kishilarga yegulik tarqatmoqda.

16. AQSh prezidentlari orasida Barak Obama bayram tantanalarini boshqaruvchi eng yaxshi boshlovchi bo‘lib qoladi. Suratda - Barak Obama qizi Maliya bilan Rojdestvo bayramida .

17. Britaniya shahzodasi Uilyam, prezident Obama va shahzoda Jorj (Uilyamning o‘g‘li) Kensington saroyida.

18. Barak Obamaning ikkinchi muddatga saylanish paytida uning xotini Mishel ma'lum bir muddat undan-da mashhur bo‘lib ketdi. Ko‘pchilik Mishelni ham Hillari Klinton taqdiri kutib turibdi, deb hisoblaydi: u kelajakda AQShning navbatdagi prezidenti bo‘lishi mumkin. Suratda - AQSh prezidenti Barak Obama va birinchi raqamli xonim Mishel Obama Oq uydagi muxbirlar anjumanida.

19. Barak Obama Rim papasi Frantsisk AQShga kelganida uni trap oldida shaxsan kutib olgan. Bu Oq uy tomonidan ko‘rsatilgan yuksak iltifot edi. Biroq prezident va pontifik baribir bir jinslilar huquqi borasida bahslashib qolishdi.

20. Ijtimoiy so‘rovnomalarga ko‘ra, AQShning keyingi prezidenti kim bo‘lishidan qat'i nazar, u Obamaning 8 yil oldingi  mashhurlik darajasiga erisha olmaydi. Suratda - AQSh prezidenti Barak Obama va Xellouin marosimi ishtirokchisi Oq uy hovlisida.

Mavzuga oid