Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Zika virusini yuqtirgan kanadalik ayol sog‘lom farzandni dunyoga keltirdi
Kanadalik ayol, Zika virusini yuqtirganiga qaramay, sog‘lom farzandni dunyoga keltirdi, deb xabar qilmoqda CBC telekanali mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Gregori Teylorga tayangan holda.
"Homiladorlik vaqtida ushbu bolada virus ta'siri kuzatilgan edi. Uning bosh miyasi va orqa miyasida suyuqlik to‘planishi qayd etilgandi. Ammo, hozirda chaqaloqning ahvoli me'yorda", - degan Teylor.
Biroq, Teylor bolaning jinsi, uning tug‘ilish vaqti va manziliga oydinlik kiritmagan. U, faqat, chaqaloq mutaxassislarning jiddiy nazorati ostida bo‘lishini ma'lum qilgan. Bolaning onasi, homiladorligining ilk oylarida Kanadadan tashqarida bo‘lib, Zika virusini yuqtirgan edi.
Umuman, shu paytga qadar 187 nafar kanadalik Zika virusi bilan kasallangan.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025