Jamiyat | 16:52 / 10.08.2016
8603
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik ishsiz ayol jahl ustida 22 bankomatni sindirdi

Syanyan shahrida (Shensi provinsiyasi) o‘ziga munosib ish topa olmagan XXR fuqarosi jahl ustida 22ta bankomatni g‘isht va yog‘och tayoq bilan urib sindirdi. Bu haqida Sina portali xabar berdi

Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 31 iyuldan bir necha bankdan noma'lum ayol ularning bankomatlarini sindirayotgani haqida shikoyatlar kelib tushgan. Bankomatlardagi videokuzatuv kamera tasmalari yordamida ularni ayol kishi g‘isht va tayoq bilan sindirgani aniqlandi. Barcha videotasmalarda ayol bankomat yoniga kelib, bir necha soniya davomida ularga zarb bergan, keyin esa yashiringan. 

Tergov-qidiruv ishlari davomida 5 avgust kuni gumondor shaxsni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lindi. Bu Li familiyali ayol bo‘lib, u Syanyanga qo‘shni Gansu provinsiyasidagi Tsin'yan shahridan kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, eri bilan ajrashib, bu yerga kelgan ayol o‘ziga munosib ish topa olmagan. Bundan jahli chiqqan ayol o‘z alamini bankomatlardan olgan. Uning harakatlari natijasida ko‘rilgan ziyon 87,3 ming dollarga baholangan. 

Mavzuga oid