Sport | 15:05 / 10.08.2016
12204
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» futbolchilari matbuot anjumaniga bostirib kirishdi va Zidanni «cho‘miltirishdi»

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning UYeFA Superkubogi uchun uchrashuvdan keyingi matbuot anjumani vaqtida «Sevilya»ni mag‘lub etgan jamoa futbolchilari zalga kirib kelishdi. Ular tantana qo‘shiqlarini kuylashgan va ustozlariga suv sepishgan.

Futbolchilarni zalga jamoa himoyachisi Marselo va Ramos boshlab kelishgan. Videoda bu futbolchilar qatorida Vaskes, Morata, Kazemiro va Asensio kabi yosh futbolchilar ham borligini ko‘rish mumkin.

9 avgust oqshomida Norvegiyaning Tronxeym shahrida kechgan uchrashuv «Real»ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu g‘alaba orqali jamoa o‘z tarixida uchinchi marta UYeFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. G‘alaba goli qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisi tugab borayotgan vaqtda Daniel Karvaxal tomonidan urildi.