«Barselona» mavsumdagi dastlabki sovrinni qo‘lga kiritdi
«Barselona» klubi har yili an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan Joan Gamper kubogi g‘olibi bo‘ldi. Bu yilgi o‘yin «Barselona»ning Yevropa chempionlari kubogi finalida «Sampdoriya» ustidan qozonilgan g‘alabasining 25 yilligiga bag‘ishlandi.
Uchrashuv qahramoni Lionel Messi bo‘ldi: u birinchi gol urilgan vaziyatda jamoadoshi Luis Suaresga golli uzatma oshirdi, so‘ngra ikki marotaba o‘zi ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Messi ikkinchi golini jarima nuqtasidan chiroyli tarzda kiritdi.
«Sampdoriya» safida Muriyel va Budimir o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi.
1997 yildan musobaqa mavsumoldi tayyorgarlik jadvali tig‘iz bo‘lgani sababli bir o‘yin tarzida tashkil etiladigan bo‘lgan. Ushbu kubok «Barselona»ning afsonaviy prezidenti va asoschisi Joan Gamper sharafiga atalgan.
Joan Gamper kubogi. O‘rtoqlik uchrashuvi
Barselona (Barselona, Ispaniya) – Sampdoriya (Genuya, Italiya) – 3:2
Gollar: Suares, 16 (1:0); Messi, 21 (2:0); Murel, 23 (2:1); Messi, 34 (3:1); Budimir, 78 (3:2)
Barselona: Bravo, Roberto, Pike, Matyo, Din, Buskets, Rakitich, Iniyesta, Messi, Suares, Turon
Zaxira: Ter Shtegen, Masip, Duglas, Denis, Maskerano, Samper, Munir, Alba, Gomesh, Vidal, Umtiti
Sampdoriya: Viviano, De Silvestri, Kastan, Regini, Eramo, Torreyra, Linetti, Shik, Muriyel, Kualyarella
Zaxira: Pujjoni, Totstso, Baretto, Alvares, Pereyyera, Palombo, Chigarini, Jurichich, Shkrinyar, Budimir, Ivan.