Jahon | 23:20 / 11.08.2016
11970
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Rossiya va Xitoy AQSh va Obamani hurmat qilmaydi

Foto:politico.com

Milliarder Donald Trampning fikricha, Rossiya va Xitoy AQShni hurmat qilmaydi. Tramp bunday fikrni Mayami-Bichdagi (Florida shtati) developerlar milliy uyushmasi anjumanida bildirdi.

"Xitoy bizning davlatni, prezidentimizni hurmat qilmaydi. Ular Barak Obamani umuman hurmat qilishmaydi", deb aytdi Tramp. Uning fikricha, "Rossiya tomondan ham hech qanday hurmat yo‘q".   

Tramp ichki siyosat masalalariga to‘xtalib, "Obama prezidentligi vaqtida AQShning davlat qarzi deyarli ikki barobarga ko‘paygani, savdo defitsiti esa 800 mlrd dollargacha yetganini eslatib o‘tdi. "Men bu zaldagi 90 foiz yig‘ilganlardan Amerika uchun nafliroq kelishuvlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanishni so‘ragan bo‘lardim. Shunda bizning davlat naqd pul ichida cho‘milayotgan bo‘lardi. Biroq bizda 800 mlrd dollarlik, Xitoyning o‘zi bilangina 500 mlrd dollarlik savdo defitsiti bor", deb ta'kidlab o‘tdi Tramp.