Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
vPodarok.uz – Orzuni hadya et!
Zamonaviy dunyoda turli buyumlar ko‘payib borayotgani barobarida hissiyotlar kamayib bormoqda. Ayniqsa, bu turli bayramlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Hadya qilingan qutini ochar ekansan, yuraging ortga tortganini his qilasan…
Albatta, sovg‘a hadya qilinar ekan, - bunda birinchi navbatda e'tibor hisobga olinadi, ammo hadya oluvchining taassuroti ham muhimligini unutmaslik lozim.
Xo‘sh, yaqin do‘stlar, qarindoshlar, do‘stlar, hamkasblar va hamkorlaringizga nimani hadya qilgan ma'qul? Qanday qilib, bir hadya bilan ham taassurot uyg‘otish, ham yaqin kishingizning ko‘nglini ovlash?
Aytish mumkinki, ayrim hollarda birgina sovg‘a olish uchun uzoq o‘ylanamiz! Ba'zan, muhim sanalarni unutib, noqulay vaziyatga ham tushib qolamiz. Ammo, endilikda, siz vPodarok.uz loyihasi bilan bu kabi muammolardan qutulish bir yoqda tursin, ortiqcha daxmazadan xalos bo‘lish imkoniyatiga egasiz.
vPodarok.uz kompaniyasining sovg‘asi – bu ajoyib qutiga joylangan sehrli sertifikat bo‘lib, uzoq vaqt yodda qoladigan yorqin hislar va saodatli onlarni taqdim etadi.
Kompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar qamrovi ham juda kengdir. Fotosessiyalar va havo sharidagi parvozlar, otli sayr va shahar tashqarisidagi ovlar, SPA-salonlaridagi dam olishdan tortib, turli kvestlar, har xil mavzudagi qiziqarli mahorat darslari..., bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin, chunki bugungi kunda kompaniya tomonidan 400dan ortiq sovg‘alar taklif etilmoqda.
Ammo, shoshilmang, hali bu barchasi emas. Bozorda yangi xizmat va ko‘ngilochar mashg‘ulotlar paydo bo‘lishi bilan ro‘yxat ham kengaya boradi. Shunday qilib, ma'lum bir xizmat turi uchun sertifikatni hadya qilar ekansiz, aynan sizning sovg‘angiz noyob va yodda qolarli bo‘lishiga ishonchingiz komil bo‘lishi mumkin.

Shuning barobarida vPodarok.uz kompaniyasi mahsulotlari korporativ yo‘nalishga ham mos kelib, nafaqat bir kishi, balki butun bir jamoaga ham taqdim etilishi mumkin. Misol uchun, jamoaviy peyntbol o‘yini, shahar tashqarisidagi dam olish hududiga jamoa bilan safar qilish, hamkasblar bilan birga bouling, karaoke va shu kabilarga borish.
Qayd etish joizki, mijozlarimizga qulaylik yaratish maqsadida sovg‘a sertifikatlariga avvaldan buyurtma qabul qilish ham yo‘lga qo‘yilgan. Siz, kompaniyamiz vakili bilan bog‘lanib, kimga, qachon, qanday hamya berish lozimligini aytib qo‘ysangiz kifoya. Belgilangan kunda, sovg‘angiz solingan antiqa quti o‘z egasiga, o‘z vaqtida topshiriladi. Siz ham, kimnidir tabriklashni yoddan ko‘tarish va xijolat bo‘lish tashvishidan qutilasiz.
Mabodo, sizga taklif etilayotgan 400dan ortiq xizmatlar ichidan sizga mos keladigani topilmasa, kompaniya xodimlari sizning xohish-istaklaringizga monand maxsus taklifni ishlab chiqa olishadi. Gapning andallosi, siz bu yerda har qanday kishiga va har qanday marosim uchun mos keluvchi, o‘ziga xos hamyonbop sovg‘ani topishingiz aniq!
Buning uchun quyidagi: +998 (90) 960-08-10, +998 (71) 235-00-83 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilsangiz yoki www.vpodarok.uz saytiga tashrif buyursangiz bo‘lgani. Sizning buyurtmangiz mavjud bo‘lmasa, 1-2 ish kunida tayyor bo‘ladi. Xizmat haqini bank kartochkasi, pul o‘tkazish va CLICK to‘lov tizimi vositasida to‘lashingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
09:00 / 14.11.2018
Oriyent Finans Bank Artemiy Lebedev studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi saytini taqdim etdi
04:05 / 07.05.2018
33 sayt sizni dahoga aylantiradi
17:40 / 18.01.2018
Google sekin yuklanuvchi saytlarni jazolaydi
20:50 / 27.12.2017