Sport | 20:04 / 12.08.2016
27946
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016. Abdulla Tangriyev yarim finalda!

O‘zbekistonlik dzyudochi Abdulla Tangriyev Rio—2016 Olimpiadasidagi uchinchi jangida ham g‘alaba qozondi. Bu haqda internet nashrlarida ma'lum qilinmoqda.

Dzyudoning erkaklar o‘rtasida eng og‘ir vazn toifasida (100 kilogrammdan ziyod vazn toifasi) ishtirok etayotgan Abdulla Tangriyev chorak final bahsini qirg‘izistonlik Yuriy Krakovetskiyga qarshi o‘tkazgan.

U bu safar ham "ippon" bahosi bilan g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l olgan.

Tangriyev bundan oldingi bosqichlarda samoalik Derek Suani va ruminiyalik Daniel Natyani "ippon" baholari bilan taslim qilgandi. Tangriyevning bu bahslari kabi chorak finaldagi chiqishi ham Sport TV orqali namoyish etilmadi.

Tangriyev yarim finalda yaponiyalik dzyudochi Xisayoshi Xarasafaga qarshi jang olib boradi. Yarim final bahslari 23:30dan boshlab start oladi.