Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistondagi roumingga Beeline 75% gacha chegirma bermoqda
Aloqa operatori Beeline Haj vaqtida Saudiya Arabistonda bo‘lgan kompaniya abonentlari uchun maxsus rouming-tariflarni joriy qilmoqda. Mahalliy rouming-hamkorlar bilan kelishuv yordamida Beeline mijozlari o‘z raqamlarida arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha aloqada qolishlari mumkin.
Chegirmalar Zain SA (Mobile Telecommunication Company Saudi Arabia) operatori tarmog‘ida 2016 yilning 24 avgust kunidan 31 oktabr kuniga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amal qiladi:
- Internet (avvalgi narx — $19.66, yangi narx — $3.00)
- SMS (avvalgi narx — $0.60, yangi narx — $0.13)
- Kirish qo‘ng‘iroqlari (avvalgi narx — $2.40, yangi narx — $1.30)
- Saudiya Arabiston bo‘ylab mahalliy chiqish qo‘ng‘iroqlari (avvalgi narx — $1.80, yangi narx — $1.30)
- O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘iroqlari (avvalgi narx — $3.60, yangi narx — $1.30)
Zain operatori abonentlatimizning telefon ekranlarida “Zain SA”, “42004”, “KSA04” yoki “Mobily SA”, “Etihad Etisalat”, “42003” sifatida ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.
Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.
Mavzuga oid
18:18 / 24.03.2025
Farg‘onada maishiy chiqindi xizmati narxlari o‘zgartirildi
17:58 / 03.02.2025
Bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi
15:32 / 30.01.2025
O‘zbekiston va Pokiston tariflarni pasaytirish bo‘yicha qo‘shma "harakatlar rejasi"ni ishlab chiqadi
08:10 / 10.01.2025