Jahon | 08:20 / 12.08.2016
7013
1 daqiqa o‘qiladi
Tailandda navbatdagi portlash sodir etildi
Tailandning kurortlari va viloyatlarida bir nechta portlashlar sodir etildi. Ular oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Nation gazetasi xabar bermoqda.
Portlashlar Xuaxin, Suratxani viloyatlari va Pxuket kurort shahrida sodir etildi. Suratxanidagi portlash bir ayolning o‘limi va bir kishining yaralanishiga olib keldi. Xuaxinda 4 kishi, Pxuketda esa 1 kishi yaralandi. Ta'kidlanishicha, Suratxanidagi bomba politsiya bo‘limi yaqinida portlatilgan.
12 avgustda Tailandda qirolicha Sirikit tavallud kuni nishonlanadi. Bu kun shuningdek Onalar kuni sifatida bayram qilinadi va dam olish kuni hisoblanadi.
Tailanddagi kurort shahrida bombalar portlatildi