Fan-texnika | 11:43 / 12.08.2016
14042
2 daqiqa o‘qiladi

WeChat superilovasi Xitoyda hamma narsani o‘zgartirmoqda

Yaqin kunlargacha Xitoy interneti yirik g‘arbiy kompaniyalar mahsulotlarining nusxasini yaratar edi, biroq WeChat superilovasi paydo bo‘lishi bilan hammasi o‘zgara boshladi. U internet va bizning hayotimizni o‘zgartirishga qodir ko‘rinadi. Qanday qilib deysizmi?

Xitoyda Facebook, Twitter va Google yo‘q, lekin ularning o‘rnini bosuvchi superilova bor. 

Tasavvur qiling: itingizni cho‘miltirish kerak. Shunda WeChat'ni ochasiz, shu ish bilan shug‘ullanuvchi maxsus mutaxassis kelib, uni cho‘miltirib ketadi. 

Siz bu jarayonni suratga tushirasiz va WeChat orqali do‘stlaringiz bilan bo‘lishasiz. 

Do‘stingiz suratni ko‘rib, uning itini ham cho‘miltirish kerakligi yodiga tushadi. U xuddi o‘sha mutaxassisga murojaat qiladi va ilovadan chiqmagan holatda u bilan hisoblashadi hamda minnatdorchilik bildiradi. 

U sizga o‘ziga yoqib qolgan restoran haqida so‘zlab beradi. Uni topish oson emas, ammo WeChat'da xarita bor.

Restoranga borish uchun taksi buyurtma qilib, uning pulini WeChat'da to‘laysiz. 

Restoranda taomni suratga olib, o‘sha ilovaning o‘zida unga izoh yozasiz. 

Ilovaning o‘ziga xosligi shundaki, unda har qanday ma'lumot internet bo‘ylab tez va keng tarqaladi. 

Tijoratchilar uchun bu ilova ayni muddao, chunki endi ular siz haqingizda hamma narsani bilib olishlari mumkin. 

WeChat ilovasi 2011 yilda Xitoyning Tencent kompaniyasi tomonidan yaratilgan. O‘shandan beri ilova foydalanuvchilari to‘xtovsiz o‘sib bormoqda va bugunga kelib, ularning soni 750 milliondan ortiqni tashkil qiladi.