Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh IShIDning Afg‘onistondagi bo‘limi yetakchisi yo‘q qilinganini tasdiqladi
Pentagonning rasmiy vakili Gordon Troubrij IShID terrorchilik guruhining bo‘limi yetakchisi Hofiz Said Xonning Afg‘onistonda 26 iyulda aviazarba oqibatida yo‘q qilinganini tasdiqladi. Bu haqda Pentagon rasmiy saytida ma'lum qilingan.
"Xon AQSh va koalitsiya qo‘shinlariga hujumlarda va Afg‘onistonda o‘z bo‘limining operatsiyalarida bevosita ishtirok etgani ma'lum", deb aytdi Troubrij.
Jangarilar yetakchisi Nangarxor viloyatining Achin tumanida yo‘q qilingan.
Avvalroq Afg‘onistonning Pokistondagi elchisi AQSh IShIDning Afg‘oniston va Pokistondagi yetakchisini yo‘q qilganini ma'lum qilgandi, biroq AQSh bu xabarni tasdiqlamagandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025