Fan-texnika | 16:22 / 15.08.2016
7977
2 daqiqa o‘qiladi

BMW 8-Series modellari taqdiriga oydinlik kiritdi

Germaniyaning BMW avtomobilsozlik kompaniyasi 2020-yilga kelib, avval ham ishlab chiqarilgan 8-Series mashinalarini ishlab chiqishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda BMW Blog.

Ishlab chiqaruvchining rejasiga muvofiq, BMW kompaniyasining yangi modeli Mercedes-Benz S-Class Coupe rusumiga raqobat uyg‘otishi, BMW 6-Series Coupe va Convertible modellari o‘rnini egallashi lozim.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, yangi modelga allaqachon G14/G15 ichki tartib raqami berilgan. U, hozirgi BMW 7-Series (G11/G12) hamda ishlab chiqilishi kutilayotgan BMW 5-Series (G30/G31) va BMW 3-Series (G20) modellarining birmuncha takomillashgan CLAR platformasi negizida barpo etiladi.

Mashinaning motorlari safiga 450 ot kuchidan 650 ot kuchigacha ega bo‘lgan benzinli va dizelli dvigatellar kiradi. Bundan tashqari, uning gibrid namunasi ham paydo bo‘lishi mumkin. 

Qayd etilishicha, nemis avtogiganti 825, 830, 835, 850, 845, 860 va M850, raqamlarini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, yangi 8-Series’da yuqoridagi raqamlar bilan belgilanuvchi modifikatsiyalar bo‘ladi.