Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridada 49 yoshli ayolga alligator hujum qildi
Floridadagi Evergleyds baliqchilik lagerida alligator 49 yoshli ayol kishiga hujum qildi va uning qo‘lini tishlab oldi.
Qutqaruv xizmatining matbuot kotibi ma'lum qilishicha, juma kuni tunda Fort-Loderdeyl yaqinida bir ayolni alligator tishlab olgan. Bu haqida CNN xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, ayol suvga tushgan bankani olmoqchi bo‘lganida alligator unga tashlangan. Yaqin atrofdagi kishilar yordamga kelib, ayol suvga tushib ketmasligi uchun uni orqaga tortishdi.
Qutqaruv xizmati vakillari yordamga kelganida ayol shok holatida va ko‘p qon yo‘qotgan bo‘lgan.
"Uning o‘ng qo‘li to‘liq amputatsiya qilindi", - dedi qutqaruv xizmati vakili.
Alligatorning uzunligi taxminan 4-5 fut bo‘lgan.
Floridagi Baliqchilik va yovvoyi tabiat muhofazasi komissiyasi sodir bo‘lgan voqea yuzasidan tergov ishlari olib bormoqda.
Mavzuga oid
23:41 / 17.04.2025
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
12:48 / 04.02.2025
Tojikistondagi koloniyada mahbuslar qochishga urinib, qo‘riqchilarga hujum qildi
11:34 / 01.01.2025
Berlinda pichoqli hujum: ikki kishi yaralandi
20:53 / 11.10.2024