Google videoqo‘ng‘iroqlar uchun Skype’dan qulayroq ilova yaratdi

Google videoqo‘ng‘iroqlar uchun Duo ilovasi ishga tushgani haqida rasman e'lon qildi. Ushbu ilovani bir necha kun ichida iOS va Android tizimidagi qurilmalarga yuklab olish mumkin bo‘ladi. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilindi.
Ilovaga kirish uchun faqatgina mobil telefon raqamini kiritishning o‘zi kifoya. Duo yordamida qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun hech qanday qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi. Shuningdek ilovadan mobil telefonlarga qo‘ng‘iroq qilish uchun foydalanish mumkin.
Google'da qo‘shimcha qilinishicha, Duo hattoki signal zaif bo‘lganda ham ishlaydi. Ilova tezlik yuqori bo‘lmaganda tasvir sifatini avtomatik tarzda pasaytiradi. Bundan tashqari, Duo yaratuvchilari Wi-Fi'dan 3G yoki LTE'ga (yoki aksincha) o‘tganda aloqa uzilmasligiga va'da berishmoqda.
Duo'ning o‘ziga xos xususiyati - Knock Knock funksiyasi. Uning yordamida foydalanuvchi qo‘ng‘iroqni qabul qilgunga qadar uni amalga oshirayotgan kishining kamerasidan tasvirni ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu funksiya suhbat boshlangunga qadar kayfiyatni ko‘tarish imkonini beradi. Foydalanuvchilar o‘z xohishlariga ko‘ra, Knock Knock funksiyasini sozlamadan o‘chirib qo‘yishlari mumkin.
Mavzuga oid

23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi

23:21 / 15.04.2025
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi

17:41 / 14.04.2025
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi

21:35 / 11.04.2025