Sport | 07:50 / 16.08.2016
14871
1 daqiqa o‘qiladi
Rio-2016. Rustam To‘laganov o‘zining bronza medalini qabul qilib oldi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilayotgan Yozgi olimpiya o‘yinlari doirasida 91 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqalar yakunlanib, g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekistonlik Rustam To‘laganov bundan oldinroq bronza medaliga ega chiqqandi va u bugun o‘z medalini qabul qilib oldi.
Bu vazn toifasida Rossiya vakili Yevgeniy Tishenko qozog‘istonlik sportchi Vasiliy Levitga qarshi ringga chiqdi va g‘alaba qozondi.
Yana bir bronza medali kubalik Erislandi Savonga topshirildi.
Rustam To‘laganov 1/8 finalda ekvadorlik Julio Sezar Kastiloni, chorak finalda esa ozarbayjonlik Abdulqodir Abdullayevni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. U yarim finalda aynan Tishkenkoga yutqazgandi.