Rossiya Markaziy Banki 1998 yilgi inqirozning qaytarilmasligini ma'lum qildi
Rossiya banki mamlakat iqtisodiyotning tashqi ta'sirlarga ancha chidamli bo‘lganligi bois 1998 yilgi inqiroz qaytarilmasligini ma'lum qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar qildi.
"Joriy vaziyat 1998 yilgi holatdan tubdan farq qiladi, bu esa o‘sha paytdagi tanazzulning qaytarilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Eng sezilarli tafovutlar - to‘plangan zahiralarning mavjudligi (Rossiya Bankining suveren fondlari va valyuta zahiralari), davlat qarzining past darajasi, moslashuvchan valyuta kursida", - deyildi MBda.
Ta'kidlanishicha, hozirgi vaqtda muvozanatli va konservativ pul-kredit hamda byudjyet siyosati katta rol o‘ynamoqda. MBda Rossiya yanada barqaror ichki moliyaviy tizimga va tarixiy tajribaga ega ekanligi qayd etildi.
"Bularning barchasi Rossiya iqtisodiyotining tashqi ta'sirlarga yuqori chidamlilik garovi hisoblanadi. 2016 yil tajribasi mamlakatning tashqi iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlarga ma'lum bir ma'noda moslashganini ko‘rsatdi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek Rossiya iqtisodiyoti qayta tiklanish bosqichiga yaqinlashayotganligi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
09:51
Dollarning kelajagiga shubhalar qanchalik asosli?
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024
Rossiyada o‘zbek diasporasi yetakchisi noqonuniy migratsiyani tashkil etishda gumon qilinmoqda
09:00 / 04.10.2024