Jamiyat | 12:52 / 16.08.2016
9916
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasida katta tirbandlik yuzaga keldi

Bugun Toshkent shahridagi Muqumiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasi yaqinida uzun tirbandliklar yuzaga keldi.  "Novza" metro bekati yaqinidan harakatlangan avtomobillar bu tirbandliklar tufayli uzoq vaqt mobaynida harakatsiz qolishdi.

Guvohlarning ma'lumotiga ko‘ra, "Milliy bog‘" bekatidan "Novza" bekati hududigacha bo‘lgan masofada "avtomobillar karvoni" paydo bo‘lgan.

Bundan oldinroq Toshkent shahri hokimiyati saytida shaharda yangi transport halqasini shakllantirayotgan Nurafshon ko‘chasining davom ettirilishi va Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan haydovchilardan yuzaga kelayotgan noqulayliklarga yana 1 hafta muddatga sabr qilish so‘ralgandi.

22 avgustdan Muqimiy ko‘chasidagi qurilish ishlari o‘z yakuniga yetadi va cheklovlar olib tashlanadi.