Jahon | 16:46 / 16.08.2016
15369
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya prokuraturasi Gulenga 2 ming yillik qamoq jazosi tayinlanishini talab qilmoqda
Turkiya prokuraturasi islomiy muxolifat Fathulloh Gulenga 1,9 ming qamoq jazosi va 2 million 210 ming kunlik ma'muriy jarima tayinlanishini talab qildi. Bu haqida mahalliy OAV xabar qildi.
Gulen 1999 yildan buyon AQShda Pensilvaniya shtatida yashab kelmoqda. Turk hukumati Gulen va uning terrorchi tashkilotini Anqara va Istanbulda harbiy to‘ntaruv harakatini amalga oshirganlikda ayblamoqda. Isyon Turkiya Qurolli kuchlar ofitserlari va askarlardan iborat guruh tomonidan tashkillashtirilgan.
Turkiyadagi harbiy to‘ntaruv harakati natijasida 246 nafar kishi halok bo‘lgan, 2 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid
08:50 / 19.11.2024
Uch hududda 671 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
22:39 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
12:03 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisi bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi
20:56 / 20.10.2024