Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Argentina futbol assotsiatsiyasi 33 mln yevro qarzdor deb topildi
Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) kreditorlardan 33 mln yevro miqdorida qarzdorligini tan oldi. Bu haqda France-Presse xabar bergan.
FIFA tomonidan assotsiatsiyadagi mavjud inqirozli holat bo‘yicha maxsus komissiya shu raqamlarni keltirgan.
"AFA kreditorlardan rosa 33 mln yevro qarzdor. Argentina klublari undan achinarli holatda, ularning qaro‘i taxminan 66 mln yevro. Biz muammolarni aniqladik, endi vaziyatdan chiqish yo‘lini topish kerak", degan AFA vaqtinchalik prezidenti etib tayinlangan Armando Peres.
Peresning vazifasi tashkilotni inqirozdan olib chiqish va 2017 yilning 30 iyuniga qadar tashkilotning yangi rahbari uchun saylovni tashkil qilish hisoblanadi.
Peres "Belgrano" jamoasi prezidenti.
Bundan oldinroq Rio-de-Janeyro olimpiadasidagi Argentina terma jamoasining bosh murabbiyi tashkilotdan pul olmagani va o‘z qizining pulidan foydalanishga majbur bo‘lgani haqida xabar paydo bo‘lgandi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
15:07 / 05.05.2025
Yirik qarz oluvchilar uchun alohida qoidalar ishlab chiqiladi
12:01 / 30.04.2025
Rossiyada mikromoliya tashkilotlaridan qarz olgan fuqarolar soni 10 mlnga yetdi
11:18 / 25.02.2025
Dubayda 247 ming dollar qarz bo‘lib qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi
10:19 / 25.12.2024