Jamiyat | 17:13 / 18.08.2016
16124
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik ayolning homiladorligi muddatidan ikki martaga o‘tib ketgani naqadar to‘g‘ri?

Xitoy OAVda xitoylik ayolning homilasini uzoq vaqt davomida ko‘tarib yurgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. RIA Novosti agentligi murojaat qilgan tibbiy mutaxassislar esa, har holda homila halok bo‘lgani ehtimol, degan fikrlarni bildirishgan. 

Avvalroq, Xitoy Kompartiyasining markaziy nashri "Jenmin jibao" gazetasining ingliz tilida chop etiladigan People's Daily yozganidek, Xunan viloyatilik ayol homiladorlik muddati bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan. U, 17 oydirki, bolani olib yuribdi. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, shifokorlar, homila 14 oylik bo‘lgan vaqtida jarrohlik yo‘li bilan bolani olish imkoniyatini rad etishgan. Chunki homila, shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra yetarli rivojlanmagan bo‘lgan. Biroq, bo‘lg‘usi onaning sog‘lig‘i yaxshi ekani ta'kidlangandi. 

Tibbiyot fanlari doktori, akusher-ginekolog Yelena Silantevaning bayonotiga ko‘ra, homiladorlikning bunday fiziologik ko‘rinishi mumkin emas. 

"Ehtimol, homila qaysidir bosqichda rivojlanishdan to‘xtagan bo‘lishi mumkin. Ayol esa, shunchaki nobud bo‘lgan homilani ko‘tarib yurgan bo‘lishi mumkin. Tarixda tug‘ilmagan homilaning mumiyolashib qolgani borasida ma'lumotlar bor. Shu boisdan, vaziyatni jiddiy o‘rganish lozim. Normal rivojlangan homiladorlik bu kabi uzoq muddat cho‘zilishining ehtimoli kamroq", — degan Silanteva.

Epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti maslahat markazi akusher-ginekologi Arkadiy Kotlyar ham yuqoridagi fikrga qo‘shilgan. 

"Bu fiziologik jihatdan bo‘lishi mumkin emas. Jarayon yoki davom etayotgan bo‘lishi, yoki tugagan bo‘lsa kerak. Uning o‘rtasida bo‘lmaydi. Agar homila o‘smayotgan ekan, demak u nobud bo‘lgan", — deb qayd etgan Kotlyar.

U, shuningdek, homiladorlikning 42-43 hafta davom etganiga oid ma'lumotlar mavjudligini, ammo muddatning deyarli "ikki" marta 17 oyga cho‘zilishi mumkin emasligiga urg‘u bergan. 

People's Daily nashrining yozilishicha, xitoylik ayolda homilasining 18 oyligida jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi.

Silantevaning qayd etishicha, shifokorlarning jarrohlik amaliyotini o‘tkazmaslikka qaror qilishgani ham jiddiy muammolar mavjudligini isbotlaydi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid