Sport | 00:29 / 18.08.2016
6895
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik bokschi Povetkin advokati bokschining diskvalifikatsiyasi haqidagi xabarni rad etdi

Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinning advokati Aleksey Karpenko uning himoyasida bo‘lgan bokschining noma'lum muddatga diskvalifikatsiya qilingani haqidagi axborotni rad etdi.

"Povetkin diskvalifitsiya qilinmadi. Agar uning qonida yana bir marta meldoniy aniqlansa, ana o‘shanda uni chetlashtirishadi", deb aytdi Karpenko.

Avvalroq Povetkin nafaqat musobaqalardan, balki jahon chempioni kamari uchun majburiy nomzod maqomidan mahrum etilgani ma'lum qilingandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid