Jahon | 16:46 / 18.08.2016
7614
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada navbatdagi portlash Bitlisda amalga oshirildi

Turkiyada navbatdagi portlash sodir etildi. Mamlakat sharqidagi Bitlis viloyati hududida sodir etilgan portlash oqibatida 3 harbiy halok bo‘lib, kamida 6 kishi jarohatlangan.

Dogan agentligi xabariga ko‘ra, Xizan shahri yaqinida harakatlanayotgan harbiylar kolonnasi hujumga yo‘liqqan.

Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni kechqurun Van viloyatida, 18 avgust kuni tongida Elyazig viloyatida yirik portlashlar sodir etildi. Vanda 3 kishi halok bo‘lib, 71 kishi jarohatlangan, Ezyaligdagi terakt qurbonlari soni 6 nafar, shuningdek, jarohatlangan kishilar soni 170 nafarga yetgan.

Bu portlashlar uchun Kurdiston ishchilar partiyasi ayblanmoqda. Ammo hozircha tashkilot portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid