Twitter yarim yil ichida terrorizm bilan aloqador 235 ming akkauntni muzlatib qo‘ydi

Mikrobloglar servisi bo‘lmish Twitter fevral oyidan boshlab terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi yoki uni targ‘ib etuvchi 235 ming akkauntni muzlatib qo‘ydi.
"(Shu davr mobaynida) dunyo teraktlarning qo‘rqinchli va jirkanch to‘lqiniga duch keldi. Biz bu masalaning yakuniy qaroriga keldik va platformamizda zo‘ravonlikni targ‘ib etish hamda terrorizm masalasida avvalgi siyosatimizda qolishga ahd qildik", — deyiladi kompaniya ma'lumotida.
Ilk bor Twitter shunga o‘xshash statistik ma'lumotni 2015 yilning iyunida e'lon qilgan edi. Shu davrda terrorizmda aloqasi bo‘lgan va muzlatilgan yoki o‘chirib tashlangan akkauntlarning umumiy soni 360 mingtani tashkil etgan edi.
Mavzuga oid

10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi

18:19 / 23.04.2025
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi

14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi

18:54 / 10.03.2025