Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Genesis mashinalari uydan beriladigan ovozli buyruqni tinglashga o‘rgatildi
Hyundai kompaniyasining Genesis bo‘linmasining G80 va G90 sedanlari avtomobil egasining uyidan beriladigan ovozli buyruqlarni qabul qilish va bajarishga o‘rgatildi. Bunga koreyalik avtomobilsozlar va Amazon iternet-kompaniyasi hamkorligi evaziga erishildi.
Yangi tizim Amazon Alexa tovushli boshqaruv tizimi va Amazon Echo mikrofonlari yordamida ishlaydi. Tizim "uyg‘otuvchi" so‘zlardan biri yordamida faollashtiriladi. Shundan keyin avtomobil egasiga personal identifikatsiya raqamini aytish va shundan keyin avtomobilga buyruqlar berish talab qilinadi.
Ishni boshlash uchun "Alexa, open Genesis" ("Alexa, Genesis’ni och") degan iborani aytish va shundan keyin avtomobilga buyruqlar berish mumkin. Misol uchun, mashinaga dvigatelni yoqish, ko‘chadagi ob-havo haroratiga ko‘ra motorni yoqish taymyorini o‘rnatish, motorni o‘chirish, markaziy qulfni bloklash hamda konditsioner yoki yorug‘lik texnikasini yoqish kabi buyruqlarni berish mumkin.
Mavzuga oid
22:59 / 09.01.2025
Hyundai kompaniyasi 2025 yilda Janubiy Koreya iqtisodiyotiga 16,7 mlrd dollar sarmoya kiritadi
20:20 / 24.11.2024
Hyundai 42 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi
08:20 / 07.09.2024
Farg‘onada yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga urilgan mikroavtobus pachaqlanib ketdi
11:36 / 24.10.2023