Jahon | 09:51 / 19.08.2016
6872
2 daqiqa o‘qiladi

Maduro Venesuelada davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lsa qanday yo‘l tutishini ma'lum qildi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning bayonot berishicha, mamlakatning davlat hokimiyatini ag‘darish maqsadida to‘ntarish amalga oshirilgudek bo‘lsa, u turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘andan ham ko‘ra jiddiyroq choralar ko‘rishga tayyor, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Agar muxolifat davlat to‘ntarishiga urinsa, Turkiyada amalga oshirilgan choralar biz qo‘llaydiganlarning oldida “holva” bo‘lib qoladi», — deb aniqlik kiritgan Maduro.

Siyosatchining fikricha, Venesuela halqi bunday vaqtda davlat to‘ntarishiga qarshi turish va mamlakatda tinchlikni saqlab qolish uchun birlashadi. 

«Mening ogohlantirishim shunday: agar mamlakatda o‘ng kuchlar tomonidan to‘ntarishga urinish sodir bo‘lsa, men qonunlarni shunday qo‘llaymanki, bundan avval, bunaqasini uchratishmagan bo‘lishadi», — degan prezident.

Maduroning qayd etilishicha, u siyosat yuritishda AQSh va Amerika davlatlari tashkiloti fikri bilan hisoblashish niyatida emas. 

Avvalroq, Braziliya tashqi ishlar vaziri Xose Serra Venesuelada hozirgi davlat rahbari Nikolas Maduroning iste'fosi uchun referendum o‘tkazish taklifini bildirgan edi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid