Jamiyat | 17:19 / 19.08.2016
11771
2 daqiqa o‘qiladi

«Munozara» g‘oliblari aniqlandi

15 avgust kuni ko‘hna va qadimiy shahar Buxoroda boshlangan «Munozara» to‘garaklari jamoalari o‘rtasidagi III Respublika turniri o‘z nihoyasiga yetdi.

Uch kun davom etgan bellashuvlarda jamoalar saralash, chorak final, yarim final bahslarida o‘z qobiliyatlarini namoyon etishgan bo‘lsa, Buxoro Muhandislik-texnologiya institutida «Inson kamolotida ijtimoiy muhit muhim» mavzusida o‘tgan final bellashuvi esa qizg‘in taassurotlarga boy bo‘ldi.

Turnirning yakuniy natijalarga ko‘ra, Surxondaryo va Xorazm viloyati jamoalari 1 o‘rin, Toshkent viloyati 2 o‘rin hamda Andijon viloyati jamoasi 3 o‘rin g‘olibi deb topildi. Ular diplom, statuetka, qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda «Kamolot» kutubxonasi kitoblari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, turnir davomida o‘zining yuksak so‘z san'atini namoyon etgan hamda chiroyli o‘yin ko‘rsatgan 3 nafar eng yaxshi notiqlar aniqlandi. Qashqadaryo viloyati jamoasi a'zosi Hamdamov Doston «Eng yaxshi 1-notiq», Farg‘ona viloyatidan Qurbonov Qilichbek «Eng yaxshi 2-notiq», Navoiy viloyati jamoasi a'zosi Umrzoqova Nodira esa «Eng yaxshi 3-notiq» nominatsiyalariga munosib ko‘rildi.

Mavzuga oid